Demet Ozdemir




Demet Ozdemir — (tur. Demet Özdemir) Izmit shahrining Marmara viloyatida, 1992-yilning 26-fevralida tugʻilgan. U Turk aktrisasi.

Hayoti va ijodi



Demet 1992-yilning 26-fevralda Kojaeli qishlogʻiga kiruvchi Izmit shahrida tugʻilgan: u oilada uch farzandning eng kichigi edi; akasi Volkan va Derya ismli opasi bor. Demet 8 yoshligida ota-onasi ajrashishdi va u onasi, opasi bilan Istanbulga ko'chib o'tdilar. Maktabda Demet raqsga tushishni yaxshi ko'rardi. U Mustafo Sandalning “Ateş et ve unut” klipida ham suratga tushgan.

U ilk bor televizorda 2013-yilda Fox Tv telekanalidagi “Senga sirimni aytaman” serialida chiqadi. Keyinchalik u "Kurt Seyit va Aleksandra" teleserialida rol o'ynadi va u yerda Eylin rolini o'ynadi. 2015-yilda “Star Tv” telekanalida Yusuf Chim bilan birgalikda “Qulupnay hidi” serialida Asla rolini ijro etgan. 2016 - yil iyun oyida u Fox Tv telekanali ekranlarida "309-raqam" serialidagi qiz Lale roli bilan chiqdi. 2018 - yil iyun oyidan boshlab u Sanem qizining bosh rolini o'ynagan keyinchalik esa "Erta qush" teleserialida suratga tusha boshladi.

Shaxsiy hayoti



2015 - yildan beri u aktyor Yusuf Chim bilan yaqin munosabatlar qurishadi va u bilan birga "Qulupnay hidi" serialida rol o'ynaydi. Ularning o`ratasida ko`p tushunmovchiliklar yuz beradi va yana hech nima bo`lmagandek tez yarashib kitishardi, ammo Demet nihoyat 2016 - yilda aktyor bilan munosabatlarni uzishga qaror qildi.. 2018 - yil iyun oyida aktrisa yangi mashuqasi Sechkin Ozdemirni ommaga tanishtiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz