Dementia 13 (2017)




Dementia 13 (yana bir nomi Haloran Manor ) — 2017-yilda rejissiyor Richard LeMay tomonidan suratga olingan AQSh qoʻrqinchili filmi. Filmda Julia Campanelli, Ana Isabelle, Marianne Noscheze, Channing Pickett va Christian Ryan ishtirok etishgan. Bu 1963-yili suratga olingan Dementia 13 filmining qayta ishlangan koʻrinishi. 2022-yil fevral oyi holatiga koʻra, u Chiller Films tomonidan suratga olingan soʻnggi filmdir.

Syujet



Syujet kichkina qizchaning qasoskor arvohi, barchani oʻlimiga sabab boʻlgan sirli qotil va katta qasrda istiqomat qiluvchi oilaning bir necha kun davomida boshdan kechirgan dahshatlari haqida boradi. Va soʻngida film oilaning bir aʼzosidan tashqari barcha aʼzolari halok boʻlishi bilan yakun topadi.

Rollarda





Ekran yuzini koʻrishi



Teatrlashtirilgan chiqish



Ushbu film 2017-yilning 6-oktyabr oyiida ilk bor namoyish etilgan.

Qabul



Film uchun turli xildagi fikrlar berilgan, baʼzilar uni ijobiy baholagan, baʼzilarda esa aksincha. Mett Boiselle Dread Central uchun yozgan sharhida filmga ikki yarim yulduz berdi: „Umuman olganda, oʻsha paytda yagona boʻlish uchun juda koʻp harakat qilingan filmning ushbu versiyasi, afsuski, avvalgisidan koʻra yaxshiroq deb topilishi uchun yetarli emas. Agar eski versiyani yangisi bilan solishtirilsa, ikkisi ham bir mazmunda, bir xil koʻrinishda, ammo men bu ikkisini alohida koʻrinish sifatida koʻrdim“.

Los Angeles Times gazetasi muxbiri Kimber Myers filmdan haqiqiy zavq oldi, u: "Francis Ford Coppolaning „ Dementia 13“ dahshatli filmining qayta ishlangan koʻrinishi hech kimning hayoliga kelmagan boʻlishi mumkin, ammo Richard LeMay tomonidan taqdim etilgan ushbu yangilanish juda ajoyib, kamxarj sovgʻadir. . . Oʻz uslubidan tashqari, Dementia 13 innovatsiyalar kiritmaydi, ammo u mohirlik bilan yaratilgan film boʻlib, hayratlanarli janr yoʻnalishini qidirayotgan muxlislarni xursand qilishi aniq" deb fikr bildirdi.

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz