DEMARSH
DEMARSH (Fransuzcha demarche — chiqish) — bir davlat hukumati, tashqi ishlar Mahkamasi yoki diplomatik vakilining biron-bir masala bo’yicha boshqa davlatga noroziligi, iltimosi, taklifi yoki ogoxlantirishi. Nota, ultimatum, memorandum, bayonot va boshqalarda izhor etilishi, diplomatik vakilni chaqirib olishda namoyon bo’lishi mumkin. Hozirgi xalqaro huquq normalariga muvofiq kuch bilan tahdid qilish Demarsh mazmuni bo’lolmaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz