DEMARKATSIYA CHIZIG’I



DEMARKATSIYA CHIZIG’I – 1) harbiy ishda urushuvchi tomonlarni vaqtincha yarash vaqtida ajratib turuvchi chiziq (o’t ochish to’xtatilgan chiziq); 2) mag’lub davlat hududini zonalarga bo’luvchi chiziq; 3) qo’shni davlatlar o’rtasida da’volashilayotgan hududda doimiy chegara aniqlanguniga qadar vaqtincha belgilanadigan chiziq.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz