DEMAGIN VLADIMIR VASILEVICH
DEMAGIN VLADIMIR VASILEVICH (1924.15.7, Toshkent) — uchuvchi, “xizmat ko’rsatgan sinovchi-shturman” (1967). Sinovchi-uchuvchilar maktabini tugatgan (1952). Mehnat faoliyatini Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi aviasiya zavodida yig’uvchi-parchinlovchilikdan boshlagan (1941-42). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942-44). Xarkov harbiy aviasiya bilim yurtida (1944), Jukovskiy (Moskva viloyati) sinovchi-uchuvchilar maktabida (1952) o’qigan. Toshkent aviatsiya zavodi (hozirgi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) uchish-sinov stansiyasida bortradist (1945-49), sinovchi-shturman (1949-80), Qidiruv-qutqaruv xizmati boshlig’i (1980-84), navbatchi shturman (1984-92). Toshkent aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan li-2, An-8, an-12, an-22, il-12 va il-76 (turli modifikasiyalari) samolyotlarini sinashda qatnashdi, havodagi parvozi 4 million kilometrdan ortiq (13000 soat). Ko’plab shturman shogirdlar tayyorlagan. “Jasorat”, “Shuhrat” (1994) medallari bilan taqdirlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz