Delta-yog‘och




Delta-yogʻoch — presslab va yelimlab tayyorlanadigan qatqat yogʻoch. Qayin daraxtidan yoʻnib olingan yupqa tasmaga fenol yoki kreozol formaldegid smolasi shimdirib, 100–175 kg .kuch/sm2 bosim ostida 120—150° temperaturagacha qizdirib tayyorlanadi. D.-yo. 1 – 12 mm qalinlikda taxta, 15–300 mm qalinlikda plita koʻrinishida ishlab chiqariladi. Bu plitalarning mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun metall toʻr, zar, rezinalangan mato va b. bilan armaturalanadi. Smolaga grafit va moy qoʻshib antifriksion xossasi yaxshilanadi. D.-yo. kimyoviy reagentlar taʼsiriga chidamli, elektr izolyasiya, mexanik va b. xossalari yukrri material.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz