DELTA-YOG’OCH



DELTA-YOG’OCH — presslab va yelimlab tayyorlanadigan qatqat yog’och. Qayin daraxtidan yo’nib olingan yupqa tasmaga fenol yoki kreozol formaldegid smolasi shimdirib, 100-175 kilogramm kuch/santimetr kvadrat bosim ostida 120-150° temperaturagacha qizdirib tayyorlanadi. Delta-yog’och 1 — 12 millimetr qalinlikda taxta, 15-300 millimetr qalinlikda plita ko’rinishida ishlab chiqariladi. Bu plitalarning mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun metall to’r, zar, rezinalangan mato va boshqalar bilan armaturalanadi. Smolaga grafit va moy qo’shib antifriktsion xossasi yaxshilanadi. Delta-yog’och kimyoviy reagentlar ta’siriga chidamli, elektr izolyasiya, mexanik va boshqa xossalari yuqori material.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz