Delta, Colorado
Delta — AQShning Kolorado shtatidagi Delta okrugining markazi va aholi gavjum munitsipalitetlardan biri boʻlgan uy boshqaruvi munitsipaliteti. 2020-yilgi AQSh aholini roʻyxatga ishlari vaqtida shahar aholisi 9,035 kishidab iborat boʻlgan. Grand Mesa, Gunnison va Uncompahgre milliy oʻrmonlarining Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrmon xizmati shtab-kvartirasi Deltada joylashgan.
Tarixi
Delta Ute aholisi va ilk koʻchmanchilar uchun savdo nuqtasi sifatida qurilgan. Fort Uncompahgre qismi 1828-yilda bunyod etilgan.
Shahar, Uncompahgre daryosining Gunnison daryosiga oqib oʻtadigan deltasida joylashganligi sababli shu nom bilan nomlangan. Shahar 1882-yilda tashkil etilgan.
Geografiyasi
Delta janubi-gʻarbiy Delta okrugida joylashgan, koordinatalari: 38°44′27″N 108°3′48″W / 38.74083°N 108.06333°W / 38.74083; -108.06333 G O (38,740879, −108,063423). Shahar markazi Gunnison daryosining janubida va Uncompahgre daryosining sharqida joylashgan. Shahar chegaralari Gunnison boʻylab shimolga, hozirda „Shimoliy delta“ deb nomlanuvchi hududga, soʻngra gʻarbga 6 milya (10 km) uzoqlikka qadar choʻzilgan. AQShning 50-yoʻnalishi boʻylab Westwinds aeroportigacha borishi mumkin.
2020-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish ishlari vaqtida shaharning umumiy maydoni 8,659 acre (35.043 km) tashkil etgan, shu jumladan, 164 acre (0.665 km) ga yaqin maydon suv havzasidan iboratligi aniqlangan.
Delta Kolorado Gʻarbiy Nishab mintaqasining bir qismi hisoblanadi.
Demografiyasi
2010-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra, shaharda 8915 kishi, 3530 xonadon va 2337 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi 1,682.1 inhabitants per square mile (649.5/km) ni tashkil etgan. Oʻrtacha zichligi 721.7 per square mile (278.6/km) boʻlgan 3825 ta uy-joy mavjud edi. Shaharning irqiy tarkibi 82,2 % oq tanlilar, 0,2 % afroamerikaliklar, 1,1 % tubjoy amerikaliklar, 0,7 % osiyoliklar, 12,5 % boshqa irqlar va 3,1 % ikki yoki undan ortiq irqlardan iborat avlod vakillari edi. Har qanday irqga mansub ispan yoki latinolar aholining 26,1 foizini tashkil etgan.
Shahrda 3530 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 30,3 foizi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, 49,3 foizi er-xotinlar, 11,6 foizi eri boʻlmagan bevalar, 33,8 foizi oilasizlar edi. Barcha uy xoʻjaliklarining 30,0 % jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 14,8 %i 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydigan qariyalardan tarkib topgan. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,49, oilaning oʻrtacha kattaligi 3,08 kishiga teng edi.
Shahar aholisi yoshi juda xilma0xil boʻlib, 26,7 % 18 yoshgacha, 8,2 % 18 yoshdan 24 yoshgacha, 23,2 % 25 yoshdan 44 yoshgacha, 24,5 % 45 yoshdan 64 yoshgacha, 17,5 % 65 yosh yoki yoshi kattaroqlardan iborat. Oʻrtacha umr yoshi 38,0 yoshni tashkil etdi. Har 100 ayolga 93,8 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga esa 91,0 nafar erkak toʻgʻri keladi.
Sanʼati va madaniyati
Fort Uncompahgre 1828-yilda qurilgan boʻlib, Antoine Robidoux tomonidan moʻyna savdo nuqtasi sifatida tashkil etilgan. Ekskursiya davomida gidlar, usha davr liboslarini kiyib, qunduzlarni tuzoqqa tushiradilar, teridan libos tikadilar, oʻq uchlarini kamarlariga taqadilar va temirchilik ishlarini bajaradilar. Bularning bari oʻsha davr muhitini koʻrsatish maqsadida tashkillashtiriladi.
Turizmi
Shahardan Grand Mesa togʻ tizmasini koʻrish mumkin. Bu dunyodagi eng katta tekis tepalikka ega boʻlgan togʻ hisoblanadi.
Parklar:
OAV
Asosiy gazeta — Delta County Independent, har hafta chorshanba kunlari nashr etiladi. Mahalliy kitobxonlar, shuningdek, okrug boʻylab 15 000 dan ortiq nusxada tarqatadigan bepul tarqatma "The High Country Shopper"ni ham oʻqishlari mumkin. Shaharning Facebook sahifasi ham mavjud boʻlib, uni har kim kuzatishi mumkin.
Infratuzilmasi
Transport
Montrose mintaqaviy aeroporti Deltadan 21 milya (34 km) janubda joylashgan, u aviakompaniyalarga xizmat koʻrsatadigan eng yaqin aeroport hisoblanadi. Grand Junction esa Deltadan 39 milya (63 km) shimolda joylashgan, shuningdek, rejalashtirilgan aviakompaniyalar harakati, jumladan, har bir yoʻnalishda har kuni Kaliforniya Zephyr joʻnaydigan Amtrak poezd stansiyasi ham mavjud. Delta Koloradoning Bustang tarmogʻining bir qismi hisoblanadi. U Durango-Grand Junction Outrider liniyasida joylashgan.
Asosiy magistrallar
Sogʻliqni saqlash
Delta okrugi memorial kasalxonasi shahar va uning atrofidagi hududlarga xizmat koʻrsatadi. Asosiy shifoxonadan tashqari, yana yettita ixtisoslashgan klinikalar mavjud. 2021-yil aprel oyida Delta politsiya boʻlimida COVID-19 epidemiyasi sodir boʻldi. Bu voqea Koloradodagi barcha birinchi tibbiy yordam koʻrsatuvchilar uchun COVID-19 vaksinasi bepul taqdim etilganidan toʻrt oy oʻtgach sodir boʻlgan edi.
Maktablar
Delta munitsipalligi okrug maktabining bir qismi boʻlib, unga Cedaredge, Crawford, Hotchkiss va Paonia okruglari ham kiradi. Maktab hududi 2020-2021-o‘quv yilida 4792 nafar o‘quvchiga taʼlim bergan.
Taniqli odamlari
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org