DELTA



DELTA — daryoning dengiz yoki ko’lga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil bo’lgan tekislik. Delta nomi yunon alfavitidagi D (Delta) ning bosh harfidan olingan. Nil daryosining uchburchak deltasi shaklan ana shu harfga o’xshash bo’lganidan qadimda shunday nom olgan. Deltada Daryo suvi Panja shaklida ko’pdan-ko’p tarmoqlarga bo’linib oqadi. Vaqt o’tishi bilan Delta kengayib, dengiz ichkarisiga kirib boraveradi. Daryo oqizig’i ko’p va yirik bo’lsa yoki dengiz, ko’l suvi sathi pasayib borayotgan yoki sayoz bo’lsa, Deltaning shakllanishi tezlashadi. Yiliga bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha kengayib boradi. Deltaning shakli va maydoni turlicha: Amazonka Deltasi — 100 ming kilometr kvadrat, Amudaryo Deltasi — 19 ming kilometr kvadrat, Volga Deltasi — 19 ming kilometr kvadrat. Delta tuprog’i unumdor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz