DELOS ITTIFOQI



DELOS ITTIFOQI (1-Afina dengiz Ittifoqi) — yunon dengiz bo’yi shaharlari va Egey dengizidagi orollarning Afina boshchiligidagi Ittifoqi (miloddan avvalgi 478/477—404). Ittifoq a’zolarining kengashlari Delos orolida, Apollon ibodatxonasida o’tkazilgan. Peloponnes urushi (miloddan avvalgi 431-404) da Afina mag’lubiyatga uchragach, Delos Ittifoqi tarqatib yuborilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz