DELOS (hozirgi DILOS) — Egey dengizidagi Orol. Yunonistonning yirik liniy markazi (Apollon ibodatxonasi). Delos yunon-fors urushlaridan keyin 1-Afina dengiz Ittifoqining markazi va Delos ittifoqinit xazinasi saqlanadigan joy sifatida (miloddan avvalgi 454 yilgacha) yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Yunonistondan Kichik Osiyoga o’tadigan asosiy yo’l Delos orqali o’tgan. Ellinizm davrida xalqaro savdo munosabatlarida katta rol o’ynagan (qul savdosi markazi). Delos Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish