DELON (DELON) ALEN



DELON (DELON) ALEN (1935.8.11, Parij) — frantsuz aktyori, prodyuser. Dastlab unga shuhrat keltirgan film “Yarqiragan quyoshda”gi Tom Rishli roli bo’ldi. “Rokko va uning aka-ukalari”, “Oyning tutilishi”, “Qoplon”, “samuray”, “Troskiyning o’ldirilishi”, “Mese Klyayn” kabi filmlardagi o’z qahramonlari orqali munofiq insonlarning o’ziga xos psixologiyasini, moddiy va ma’naviy konfliktlarni mohirona ochib berdi. O’zining kelishgan tashki ko’rinishi, ijrosidagi plastiklik, jo’shqinlik sarguzasht va detektiv filmlarda, shuningdek, o’zi ekranlashtirgan “polisiyachi terisi uchun”, “Bo’ysunmas” filmlarida yaqqol ko’zga tashlandi va Delonning mashhurligini yanada oshirdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz