DELISTING
DELISTING (inglizcha delisting) – fond birjasida qimmatli qog’ozlarni savdo ro’yxatidan chiqarish. Ekspert tekshiruvlarida ularning ta’minoti aniqlangandan keyingi qaror tarzda qo’llaniladi, bu qimmatli qog’oz savdoga qo’yilmaydi va ular listing imtiyozlaridan tamomila mahrum bo’ladi. Agar qimmatli qog’ozlar sotuvda qolmagan bo’lsa (firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan bo’lsa), kompaniya aktivsiz qolsa yoki bankrot bo’lsa, qimmatli qog’ozlar oshkora joylashtirish maqbul bo’lmagan kichik hajmga ega bo’lsa, kompaniya listing kelishuvini buzsa Delisting qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz