Delishes




Delishes — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Shveysariya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Da-raxti baland, kuchli usadi, keng shox-shabbali, shoxchalari mustahkam, novdalari sargʻimtish-koʻkish. Bal. 6,5–7 m, bargi oʻrtacha, tekis, toʻq yashil. Gullari oʻrtacha, qirmizi. Aprelning ikkinchi yarmida gullaydi. Simerenko, Renet, Parmen kabi navlar yaxshi changlatuvchi qisoblanadi. Mevasi yirik (150—180 g), sirti silliq, sariq-tillarang, eti shirin, xushboʻy, kuvrak, asal hidi keladi. Tarkibida 16,74% quruq modda, 12,7% qand, 0,25% kta mavjud. Sovuqqa chidamli. Mevasi avgust oxiri — sentabr boshlarida terib olinadi, yanvargacha saklash mumkin. Har yili hosil qiladi; koʻchati ekilgandan soʻng kuchsiz payvandtagda 3—4-yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6-yili hosilga ki-radi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli. 1950y.lar oxirida Oʻzbekistonga keltirilgan. Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlariningtog oldi va togʻli mintaqalarida oʻstiriladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz