DELISHES



DELISHES — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Frantsiya, Italiya, Shveytsariya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va boshqalar) bog’dorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Daraxti baland, kuchli o’sadi, keng shox-shabbali, shoxchalari mustahkam, novdalari sarg’imtish-ko’kish. Balandligi 6,5—7 metr, bargi o’rtacha, tekis, to’q yashil. Gullari o’rtacha, qirmizi. Aprelning ikkinchi yarmida gullaydi. Simerenko, Renet, Parmen kabi navlar yaxshi changlatuvchi qisoblanadi. Mevasi yirik (150-180 gramm), sirti silliq, sariq-tillarang, eti shirin, xushbo’y, kuvrak, asal hidi keladi. Tarkibida 16,74% quruq modda, 12,7% qand, 0,25% kta mavjud. Sovuqqa chidamli. Mevasi avgust oxiri — sent. boshlarida terib olinadi, yanvargacha saqlash mumkin. Har yili hosil qiladi; ko’chati ekilgandan so’ng kuchsiz payvandtagda 3-4-yili, kuchli o’sadiganlarida 5-6-yili hosilga kiradi. Hosildorligi 100-120 ts/ga. Uzoq joylarga jo’natishga yaroqli. 1950- yillar oxirida O’zbekistonga keltirilgan. Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlariningtog oldi va tog’li mintaqalarida o’stiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz