Delib Kleman Filiber Leo




Clément Philibert Léo Delibes (talaffuzi: Kleman Filiber Leo Delib; 1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda prof. (1881 y.dan). Fransiya instituti (akademiyasi)ning aʼzosi (1884 y.dan). Uning "Jilgʻa" (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), "Koppeliya" (1870), "Silviya" (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy "Qirol shunday degan" va lirik-dramatik "Lakme" (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. D.ning "Lakme" va "Koppeliya" asarlari Navoiy teatriaya 1947 y.dan beri sahnalashtirilmoqda.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz