DELIB (DELIBES) KLEMAN FILIBER LEO



DELIB (DELIBES) KLEMAN FILIBER LEO (1836.21.2, Sen-Jermen dyuval — 1891.16.1, Parij) — frantsuz kompozitori, balet janri islohotchisi. Parij konservatoriyasida ta’lim olgan (1848-53) va shu yerda professor (1881 yildan). Frantsiya instituti (akademiyasi) ning a’zosi (1884 yildan). Uning “Jilg’a” (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), “Koppeliya” (1870), “Silviya” (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan to’ldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy “Qirol shunday degan” va lirik-dramatik “Lakme” (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. Delibning “Lakme” va “Koppeliya” asarlari Navoiy teatrida 1947 yildan beri sahnalashtirilmoqda.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz