Delfi festivallari
Delfi festivallari turli badiiy chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan bayramlardir. Festival (lotincha: festivus — quvnoq, bayramona) turli xil zamonaviy tillarda ommaviy bayramni anglatadi. Yunonistonning Delfi shahri va Delfi g‘oyasining qayta tiklanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ,,Delfi festivallari" nomi birinchi marta 1927-yilda paydo bo‘lgan va 1994-yildan keyin zamonaviy Delfi o‘yinlari tashkilotchilari tomonidan keng qo‘llanila boshlangan.
Tarixi
Yunonistondagi Panafiney va Panellenik o‘yinlar singari turli xil musobaqalarning homiylari — Afina, Zevs, Apollon, Poseydon xudolariga bag‘ishlangan ajoyib bayram marosimlarini o‘z ichiga olgan.
O‘yinlar materikda, orollarda va hatto koloniyalarda, masalan, Qora dengiz Chersonezida o‘tkazilgan. Ushbu festivallarning eng mashhurlari safiga Panafinaik, Olimpiya, Pifiya, Nemean va Istmian o‘yinlarining ochilish marosimlarini kiritish mumkin. Ularning bayramona tabiati turli ensiklopedik manbalarda ham qayd etilgan.
Tangrilar sharafiga madhiyalar, tantanali yurishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, qurbonliklar va ziyofatlar, sport, ot sporti, musiqa musobaqalari bilan bir qatorda, qadimgi o‘yinlarning ajralmas qismi hisoblangan. Mazkur davrda yashab o‘tgan insonlar fikriga ko‘ra, Pif o‘yinlari boshqa musobaqalarga qaraganda rang-barangligi bilan ajralib turgan. Delfi — devorlari va qo‘shinlari bo‘lmagan muqaddas shahar bo‘lgan. Apollonning o‘zi ushbu shaharga homiylik qilgan deb ishonilgan. Mashhur Delfi orakuli tufayli atrofdagi shahar-davlatlar umumiy kuchlari bilan Delfini har qanday hujumlardan himoya qilgan.
Qadimgi davrda faylasuflar tomonidan o‘tkazilgan „Yetti donishmand“ musobaqasi butun Elladada shuhrat qozongan. Pif o‘yinlarida esa Suqrotning shogirdi va Aristotelning boʻlajak oʻqituvchisi bo‘lgan yosh Platon ishtirok etgan.
XIX va XX asrlarda qadimiy o‘yinlar qayta tiklanganidan so‘ng, bugungi kunda eng mashhur bo‘lgan Per de Kuberten beshinchi yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab, sport dasturini badiiy musobaqalar bilan to‘ldirish taklifi bilan chiqqan. Olimpiya o‘yinlaridagi sanʼat musobaqalari 1948-yilgacha muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
1927- va 1930-yillardagi Delfi festivallari
Rasmiy „Delfi festivallari“ nomi birinchi marta XX asrning birinchi yarmida Pif o‘yinlarining vatanida yunon shoiri va dramaturgi Anjelos Sikelianos va uning amerikalik rafiqasi Yeva Palmer-Sikelianos (sanʼatshunos, xoreograf, oʻqituvchi) tomonidan amalga oshirilgan Delfi g‘oyasini qayta tiklashga urinish paytida paydo bo‘lgan. Ular uchun tana va ruh uyg‘unligi haqidagi qadimiy g‘oya qayta tiklanishi lozim bo‘lgan ajoyib orzu hisoblangan. Ular birgalikda 1927-yil may oyida birinchi Delfi festivalini tashkil qilishib, uni keng miqyosda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qarang: Birinchi Delfi festivali
Delfining saqlanib qolingan qadimiy amfiteatrida Yesxilning „Zanjirlangan Prometey“ tragediyasining teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etilgan.
Festivalning badiiy qismidan tashqari, sport qismi ham oʻtkazilgan. Delfi stadionida sportchilar, kurashchilar, chavandozlar va boshqalarning chiqishlari boʻlib oʻtgan.
1930-yil may oyida boʻlib oʻtgan ikkinchi Delfi festivalida tomoshabinlarga xorning bosh roli orqali Yesxilning yana bir asari — „Pitsionerlar“ taqdim etilgan. Festival dasturidan qadimiy xalq va sport oʻyinlari, Vizantiya musiqiy konsertlari, haykallar, rasm va badiiy hunarmandchilik koʻrgazmalari ham bo‘lgan.
Qarang: Reaktsiya va oqibatlari
Ushbu tadbirlar qisqa fursatda mashhur bo‘lib ulgurganiga qaramay, 1930-yildagi ikkinchi Delfi festivalidan so‘ng Buyuk Depressiya jiddiy moliyaviy muammolar sabab biroz muddatga to‘xtatilgan. Shu sabab Yeva Palmer Qo‘shma Shtatlarga ketishga va u yerda maʼruzalar orqali pul ishlashga majbur bo‘lgan. Maʼlumki, 1952-yilda Delfi g‘oyasining izdoshi Linos Karzis yana bir Delfi festivalini o‘tkazishga umid qilgan. Ammo davlat idoralari bayramlarni tashkil etish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olmagan.
Delfidagi zamonaviy festivallar
1977-yilda Delfidagi Yevropa madaniyat markazi tashkil etilgach, Delfi festivallari yana qayta nishonlana boshlangan. Ushbu markaz tashabbusi bilan Anjelos va Yeva Sikelianoslarning uylari qayta tiklanib, u Delfi festivallari muzeyi (inglizcha: Angelos and Eva Sikelianos Museum)ga aylantirilgan. Shundan so‘ng yana xalq orasida Delfi g‘oyasining ahamiyati yana dolzarb masalalardan biriga aylana boshlagan.
Shu bilan birga, Delfida yoz oylarida o‘tkaziladigan zamonaviy festivallar etnografik bayramlar, turistlar hamda olim-mutaxassislarga ham alohida ahamiyat qaratila boshlangan. Xohlovchilar qadimiy teatrdagi spektakllarga, madaniyat markazidagi ko‘rgazmalarga tashrif buyurishlari, turli mahorat darslari, ekskursiyalar, seminarlar va anjumanlarda qatnashishlari mumkin .
Xalqaro Delfi festivallari
Delfi bayramlarining keng xalqaro miqyosga chiqarilishi XX asr oxirida butunjahon Delfi harakatining shakllanishi bilan boshlangan. Nachalo vsemirnomu Delfiyskomu dvijeniyu nashey epoxi bilo polojeno vozniknoveniem v Jeneve Mejdunarodnogo obщestva „Musica Magna“. Imenno etim obщestvom, vozglavlyaemim Iogannom Kristianom Berxardom Kirshem (FRG), i bil predlojen unikalniy proekt „novogo foruma novogo vremeni“.
Bizning davrimiz Butunjahon delfi harakatining boshlanishi Jenevada „Musica Magna“ xalqaro jamiyatining paydo bo‘lishi bilan asoslanadi. Aynan Iogann Kristian Berxard Kirsh (Germaniya) boshchiligidagi ushbu jamiyat „yangi zamonning yangi forumi“ning noyob loyihasini taklif qilgan.
—
K. I. Yakubovich. Misli ko‘rilmagan! Ko‘rinmas! Ajoyib! „Rossiya musiqa gazetasi“ 1988-yil 9-son Qarang: Xalqaro Delfi oʻyinlari formati
Tantanali ochilish va yopilish marosimlari Delfi o‘yinlarining muhim qismiga aylangan. 1997-yilda Tbilisida 16 mamlakatdan 1700 nafar ishtirokchini jamlagan I Butunjahon yoshlar Delfi festivallari (inglizcha: I World Junior Delphics) ochilishida qadimiy anʼanaga koʻra, „Ertaklar kuni“ madhiyasi yangragan (Musiqa: Iosef Kechaxmadze, matn Givi Chichinadze tomonidan yozilgan). Unda Gruziyaning qadimgi yunon madaniyati bilan ko‘rinmas iplar orqali bog‘langan ko‘p asrlik teatrlashtirilgan kompozitsiyalar ham namoyish etilgan.
Ushbu voqea Yahudi Menuxinning tabrik nutqida quyidagi so‘zlar bilan ifodalangan:
Men yunonlarnikidan ko‘ra bir-birlari bilan raqobat ruhining qimmatli modelini tasavvur qila olmayman. Ular hayotning ajralmas qurbongohiga tana, ong va ruhning nafisligini qo‘yadilar.
—
Yehudi Minuxinning tabrik maktubi (21.04.1997-yil) Navbatdagi xalqaro Delfi oʻyinlariga delegatsiyalarni shakllantirish maqsadida mamlakatlar ichida turli darajadagi (viloyat, shahar, tuman) festivallar oʻtkazilgan. 2005-yildan buyon Xalqaro Delfi kengashining (IDC) rasmiy vakili hisoblangan Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanidagi Delfi festivallari „Rossiyadagi Delfiy harakati“ xalqaro jamoat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan.
2010-yildan boshlab ITB Berlin xalqaro turizm birjasi oʻz ishini Berlin radio minorasi yonidagi saroyda Delfi oʻyinlarini nishonlash bilan yakunlagan. Delfi festivali dasturi IBC veb-saytida va ITB Berlin xalqaro turistik birjasi veb-saytida eʼlon qilingan.
Bundan tashqari, 2010-yil 15-maydan 21-maygacha Anqara/TurkiyaI Xalqaro yoshlar Delfi festivali bo‘lib o‘tgan, mazkur festival tashkilotchilari orasida Xalqaro Delfi qo‘mitasi (IDC) ham bo‘lgan.
Video tasvirlar
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org