DELEDDA (DELEDDA) GRATSIYA



DELEDDA (DELEDDA) GRATSIYA (1871.27.9, Nuoro, Sardiniya — 1936.15.8, Rim) — italyan adibasi. Ijodi 19-asr oxirida italyan adabiyoti, operasi va tasviriy san’atida vujudga kelgan realistik yo’nalishning verizm oqimiga yaqin. Deledda roman va qissalari Sardiniya dehqonlari va baliqchilari hayotiga bag’ishlangan (“Sardiniya hikoyalari”, 1894). Deleddaning “Elias Portolu” (1903), “Kul” (1904), “Vatan sog’inchi” (1905), “Ona” (1920) asarlari ruhiy kechinmalarga boy, o’zi tug’ilgan joy tabiatini lirik tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati (1926).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz