Dele Adeleye




Ayodele „Dele“ Adeleye (talaffuzi: Ayodele Adeleye) (1988-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — nigeriyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Adeleye — Lagosda tugʻilgan va Sparta Rotterdam jamoasiga qoʻshilishdan oldin Shooting Stars FC jamoasi tarkibida professional futbolda debyut qilgan. „Sparta“ning quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Adeleye 2010-yil iyun oyida „Metalurh Donetsk“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan. 2011-yil 2-sentyabrda: Tavria rasmiy veb-saytida Madagaskarga qarshi ikkita oʻyin uchun Nigeriya terma jamoasiga Dele Adeleye va Sani Kayta chaqirliganligi rasman eʼlon qilingan. Adeleye Donetskning „Metallurg“ jamoasida 26 oʻyinda markaziy himoya ampulasida harakat qilib 3 ta gol urgan. 2013-yilning avgustida Adeleye „Anji“ bilan shartnoma imzolagan. 2014-yil yanvar oyida Adeleye besh oylik shartnoma asosida Gretsiyaning Ergotelis jamoasiga oʻtgan.

2015-yilning fevral oyida Adeleye Qozog'iston Premer-ligasi vakili „Aktobe“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2015-yilgi mavsum yakunlangach, Adeleyeni „Aktobe“ oʻz safiga qoʻshib olgan.

2018-yil 20-fevralda ikki yillik erkin agentlikdan soʻng u Rossiyaning „SKA-Xabarovsk“ klubiga oʻtgan. U klub uchun bor-yoʻgʻi ikkita oʻyinda maydonga tushgan va oxir-oqibat futboldan ketgan.

Xalqaro faoliyati



Uzun boʻyli markaziy himoyachi Adeleye 2005-yilda Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Nigeriya U-20 terma jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2009-yil 29-may kuni Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida birinchi marta kattalar terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz