DELBRYUK (DELBRUCK) MAKS



DELBRYUK (DELBRUCK) MAKS (1906.4.9, Berlin — 1981) — amerikalik fizik, genetik, virusolog; molekulyar biologiya asoschilaridan biri. Millati nemis. 1937 yildan AQShda. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi akademik. Falsafa Doktori (1930). Asarlari atom fizikasi, viruslar mutagenezi va reproduktsiyasiga oid. Bakteriofaglardagi rekombinatsiyani kashf etgan. Kimyoviy moddalar tuzilishining kvant nazariyasi masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1969, A. D. Xershi va S. E. Luriya bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz