Delaver




Delaver — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydon 5,3 ming km. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.

Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz