DELAVER — AQSh shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolining Sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 5,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Ma’muriy markazi — Dover shahri. Relefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli o’rmon bor. Delaver — industrial-agrar shtat, xo’jaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati, yuqori sifatli po’lat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xo’jalik (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776 yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar ko’chib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664 yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish