DELAVARLAR



DELAVARLAR (o’zlarini Lenape deb atashadi) — indeys xalqi. AQSh (Nyu-York, Viskonsin, Kanzas, Oklaxoma Shtatlari, 3 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) da va Kanada (Ontario viloyatining Janubdagi rezervatsiyalarda, 1 ming kishi) da yashaydi. Algonkin tili guruhiga kiradi. Hozir ingliz tilida so’zlashadi. Delavarlar ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanishadi. Qadimda qabilaning afsonaviy tarixi yozilgan piktografik (harf o’rnida rasm ishlatish) yozuvidan foydalanishgan. Dindorlari — protestantlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz