DELAKRUA (DELACROIX) FERDINAND VIKTOR EJEN



DELAKRUA (DELACROIX) FERDINAND VIKTOR EJEN (1798.26.4, Sen-Moris, Parij yaqinida — 1863.13.8, Parij) — frantsuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi. Delakrua ijodida yangi usullarni dadil qo’llab to’yingan koloritga, dadil bo’yoq surtmasi, yorqin nursoya keskinligiga ega bo’lgan rangtasvir tizimini yaratdi; asarlarida erksevarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan faol harakat va jo’shqin ruhni aks ettirdi (“Barrikadada Ozodlik”, 1830). Delakruaning boy ijodiy fantaziyasi, ehtirosi Sharq mavzuidagi tarixiy va klassik xamda zamonaviy adabiy asarlarga ishlagan kartinalarida aniq namoyon bo’ldi (“jazoirlik ayollar”, 1833-34; “Marokkodagi yahudiycha to’y”, 1839 va boshqalar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz