DELAGOA



DELAGOA — Hind okeanidagi qo’ltiq, Afrikaning Sharqiy sohilida. Uzunligi 112 kilometr, kengligi 25-40 kilometr. Chuqurligi 16 metrgacha. Sohillari o’rmon bilan qoplangan, botqoqlashgan pasttekislik. Daryolarning quyilish joyida qulay buxtalar vujudga kelgan. Eng yirik porti — Maputu (Mozambik).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz