DEKSTRINLAR
DEKSTRINLAR (S6N10O5)” – kraxmal va glikogen gidrolizlanganda (chala parchalanganda) hosil bo’ladigan mahsulotlar. Gidrolizning boshlang’ich bosqichida yod ta’sirida ko’k rang beradigan amilodekstrinlar, so’ngra eritrodekstrinlar (yod ta’sirida qizil-qo’ng’ir rang beradi) va maltodekstrinlar (yod ta’sirida bo’yalmaydi) hosil bo’ladi. Dekstrinlar gidrolizining keyingi bosqichlarida disaxaridlar, asosan maltozalar, so’nggi mahsulot sifatida monosaxaridlar hosil bo’ladi. Suvda eriydi. To’qimachilikda, gugurt ishlab chiqarishda, bosmaxona va poyabzal sanoatida yopishtiruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz