Dekret
Dekret (lot. decretum — farmon, qaror) — oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega boʻlgan qaror. Dastlab "D." iborasi qad. Rimda ishlatilgan. Sobiq SSSRda 1936-yilgacha davlat hokimiyati oliy organlarining eng muhim hujjatlari "D." nomi bilan atalgan. Hoz. Fransiyada D.ni prezident va bosh vazir chikaradi, bunda prezident D.i bosh vazir yoki tegishli vazir imzo chekkandan keyin yuridik kuchga ega boʻladi. Fransiya konstitutsiyaviy tizimini qabul qilgan Afrikadagi bir necha davlatlarning prezidentlari ham D. chiqaradi. Angliya-saksoniya huquqiy tizimi mamlakatlarida ayrim sud qarorlari D. deb ataladi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org