DEKRET (lotincha decretum — farmon, qaror) — oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo’lgan qaror. Dastlab “Dekret” iborasi qadimgi Rimda ishlatilgan. Sobiq SSSRda 1936 yilgacha davlat hokimiyati oliy organlarining eng muhim hujjatlari “Dekret” nomi bilan atalgan. Hozirgi Frantsiyada Dekretni prezident va bosh vazir chiqaradi, bunda prezident Dekreti bosh vazir yoki tegishli vazir imzo chekkandan keyin yuridik kuchga ega bo’ladi. Frantsiya konstitusiyaviy tizimini qabul qilgan Afrikadagi bir necha davlatlarning prezidentlari ham Dekret chiqaradi. Angliya-Saksoniya huquqiy tizimi mamlakatlarida ayrim sud qarorlari Dekret deb ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish