DEKORATSIYA



DEKORATSIYA (lotincha decoro — bezayman) — teatrda sahnani, kinoda film suratga olinadigan joy — maydon, pavilonni spektakl, film mazmuniga moslab bezash. Dekoratsiya yaratishda rassomlik, haykaltaroshlik, me’morlik, voqelik joyini loyihalash san’ati, yoritish va boshqa vositalardan foydalaniladi. Dekoratsiya yaratish Dekoratsiya san’ati deb ataladi. Teatr dekoratsiyasi san’ati va kino dekoratsiyasi san’ati turi bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz