DEKOMPRESSION KASALLIKLAR
DEKOMPRESSION KASALLIKLAR — atrof muhitda bosimning tez o’zgarishi natijasida ro’y beradigan kasallik holati. Asosan uchuvchilarda, g’avvoslarda va kessonda ishlovchilarda (kesson kasalligi) uchraydi. Ancha yuqori bosimli muhitdan birmuncha past bosimli muhitga birdan o’tilganda to’qimalarda erigan azot pufak-pufak bo’lib ajralib chiqadi. Bu Dekompression kasalliklarga sabab bo’ladi. Dekompression kasalliklarning og’ir-yengilligi organizmning individual xususiyatiga, bosimning o’zgarishi darajasiga va havoda yoki suv ostida qancha vaqt bo’lishga, gaz pufakchalarining miqdori va qayerda joylashganligiga bog’liq. Dekompression kasalliklar belgilari: muskul, bo’g’imlar va to’sh osti og’riydi, badan qichishadi, yo’tal tutadi, vegegativ nerv sistemasi, tomirlar va miya faoliyati buziladi, periferik nervlarga shikaet etadi. Bemorning rangi o’chib, terlaydi, ko’ngli aynib qusadi, boshi aylanadi, hushdan ketadi. Sovqotganda, qon aylanishi buzilganda og’riq zo’rayali. Bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda davo buyuriladi, ko’proq yurak-tomir va nafas a’zolari faoli-yatini yaxshilaydigan dori-darmonlar beriladi. Dekompressiya tufayli ro’y bergan holatlar har birining kelib chiqish sababi va rivojlanishiga qarab, uni Dekompression kasalliklarning alohida turi deb farqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz