DEKOMPENSATSIYA (de… va lotincha compensatio — baravarlash) — kasallik tufayli ro’y bergan o’zgarishga organism moslashuvining, ya’ni kompensatsiyaning buzilishi sababli biror a’zo yoki a’zolar sistemasi yoxud butun organism faoliyatining izdan chiqishi. Biror kasallik yoki jarayonning avj olishi jismoniy zo’riqish yoki organizmning o’ta toliqishi, haroratning ta’siri, turli shikastlanishlar, shuningdek, asosiy kasallikka yo’ldosh kasalliklar va hokazolar tufayli ro’y beradi. Klinik amaliyotda qon aylanishi, yurak Dekompensatsiyasi (yurak poroklarida shish va to’qimalar gipoksiyasp) ko’proq kuzatiladi (masalan, yurak klapanlarining poroklarida organizm ko’proq ish bajarganda ko’riladigan yurak Dekompensatsiyasi).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish