Deklaratsiya




Deklaratsiya (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq toʻlovchining daromadlar xususiyati va miqdori toʻgʻrisida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan oʻtuvchi shaxs oʻzida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h.k. borligi va ular miqdori toʻgʻrisida bojxonaga topshiradigan maʼlumot (qarang Bojxona deklaratsiyasi).

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz