DEKLARATSIYA



DEKLARATSIYA (lotincha declaratio — ma’lum qilaman, e’lon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va hokazolarni umum e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy printsiplarni tantanali ravishda e’lon etish (masalan, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, O’zbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq to’lovchining daromadlar xususiyati va miqdori to’g’risida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashqarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan o’tuvchi shaxs o’zida buyumlar, qimmatbaho narsalar va hokazolar borligi va ular miqdori to’g’risida bojxonaga topshiradigan ma’lumot.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz