DEKAN MADANIYATI
DEKAN MADANIYATI – Hindistondagi ilk dehqonchilik yodgorliklari (miloddan avvalgi 2-ming yillik). Hind olimlari Dekan madaniyatini 3 arxeologik majmua (ahor, Jorva va Navdatoli) ga bo’lib o’rgangan. Majmualar topilmalardagi naqshlari xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Qabilalarning xo’jalik hayotida dehqonchilik va chorvachilik asosiy o’rinni egallagan. Jez va misdan yasalgan bolta, xanjar, randa, zeb-ziynat buyumlari, idishlar ko’p tarqalgan. Jorva va Navdatoli majmuasida chaqmoq toshdan ishlangan geometrik shaklli qurollar (qirg’ich, segment, trapesiya, taxtacha va boshqalar) ham mavjud. Sopol idishlar kulolchilik charxlari yordamida tayyorlangan. Metall ishlash ustaxonalarining qoldiqlari bor. Dekan madaniyati qabilalari Xarappa madaniyatiga mansub aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganlar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz