DEHXUDO MIRZA ALIAKBARXON QAZVINIY



DEHXUDO MIRZA ALIAKBARXON QAZVINIY (1879—Tehron—1956) — Eron yozuvchisi, olim va jamoat arbobi. Eron Tillar akademiyasi (Farhangiston)ning a’zosi, Tehron universitetining professori. 1906 yildan nashr etila boshlagan “Isrofil karnayi” hajviy jurnal noshiri. Dehxudo qator hajviy hikoya va she’rlar muallifi. Uning ilmiy merosida “maqollar va matallar” (1-4-jildlar, 1929-31), Abu Rayhon Beruniyga bag’ishlangan asari bor. Dehxudo ko’p jildli “Lug’atnoma” (Eron entsiklopedik lug’ati)ni tayyorlashga nazariy va amaliy jihatdan katta hissa qo’shgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz