DEHQONOBOD PAST TOG’LARI



DEHQONOBOD PAST TOG’LARI – Qashqadaryo viloyatidagi tog’lar. Shimoli-sharqda kichik O’radaryoning o’rta oqimidan Janubi-g’arbda O’zbekistan bilan Turkmaniston chegarasidan o’tuvchi Amudaryo o’zanigacha davom etadi. Janubi-Sharqda Seypitog’-Ellikbosh-Jonikmar tizma tog’lari, shimoli-g’arbda Itbaxmastbel tizmasi bilan tutashgan. Balandligi 700-1100 metr. Dehqonobod past tog’lari anchagina parchalangan. Relefi o’ydim-chuqur, Janubi-sharqida yalang tekisliklar bor. Asosan, kuesta relef shakllari mavjud. Ohaktosh qatlamlarida karst, eroziya rivojlangan. Dehqonobod past tog’larini Janubi-sharqdan shimoli-g’arbga tomon bir necha soy kesib o’tgan, ularda asosan, bahorda suv oqadi. Dehqonobod past tog’lari yon bag’irlarida ko’proq oddiy bo’z tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroidlar, shuvoq o’sadi. Dehqonobod past tog’lari asosan, yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ayrim qismlarida lalmi dehqonchilik bilan shug’ullaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz