DEGIDROGENLASH



DEGIDROGENLASH (de… va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajratib olish reaktsiyasi. Elektron almashinish bilan sodir bo’ladigan oksidlanish qaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning ko’pi Degidrogenlash uchun ham ishlatiladi. Degidrogenlash yuqori temperatuada boradi. Bosimning oshishi Degidrogenlash jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni Degidrogenlashda tarkibida Sg2O3 va MoO3 bo’ladigan katalizatorlar ko’proq ishatiladi. Sanoatda Degidrogenlashdan foydalanib, yuqori sifatli yoqilg’i hamda monomerlar olinadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yo’lakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadien va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz