DEGIDRATOR



DEGIDRATOR — neft emulsiyasi tarkibidagi suvni ajratuvchi asbob. Bu ishni yuqori chastota va yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida amalga oshiriladi. Degidrator metall korpusdan iborat bo’lib, ichida elektrod o’rnatilgan ebonite izolyator joylashgan. Izolyator boltlar bilan korpus flanesi 2 ga mahkamlangan. Metall o’zak 4 dan elektrodga kuchlanish beriladi. Degidrator disk 5 yordamida transformator xonasiga o’rnatiladi. Degidratorning elektr qismi transformator, qarshilik, razryadnik va kondensatordan tuzilgan. Degidrator neftni qayta ishlash korxonalarida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz