DEGENERATSIYA



DEGENERATSIYA (lotincha degenero — buzilaman) — o’simlik, hayvon organizmidagi biror xil biologik belgi va xususiyatning irsiy kasalliklar yoki yashash sharoitining ogirlashib qolishi tufayli buzilishi, yomonlashib aynib qolishi. Ba’zi organ va to’qimalarning normal individual rivojlanish jarayonida yo’qolib ketishi (masalan, itbaliklar o’sib, baqaga aylanganda dumining yo’qolishi), filogenetik taraqqiyot jarayonida kichrayib, boshqacha bo’lib qolishi yoki moddalar almashinuvi o’zgarishi natijasida yemirilishi ham Degeneratsiya deyiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz