DEGELMINTIZATSIYA



DEGELMINTIZATSIYA (de… va gelmintlar) — gelmintlarni barcha rivojlanish fazalarida yo’qotishga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlari majmui. Gelmintlar yuqqan o’simliklar va hayvonlar, chorvachilik binolari va asbob-anjomlari, dalalarga o’g’it sifatida solinadigan go’ng, yaylovlar, podalar dam oladigan (yotqiziladigan) joylar Degelmintizatsiya qilinadi. Degelmintizatsiya farmakologik antgelmintiklar yordamida (albendazol, mebendazol, paperazin, fenbendazol va boshqalar) hamda fizik (qo’ylarda tsenuroz, odamlarda exinokokk pufaklarini xirurgik yo’l bilan olib tashlash), mexanik (qoramollarda telyaziyalarni ko’zdan yuvib chiqarish va boshqalar), biologik (bakterial preparatlar, emlash va hokazolar) usullar orqali amalga oshiriladi. Har bir hayvonga alohida yoki bir guruhga ma’lum miqdorda antigelmint preparatlari suv yoki yem bilan aralashtirib beriladi. Hayvonlarda davolash (yilning har qanday davrida gelmintozlarning birdan tarqalishi yuz berganda), profilaktik (rejali ravishda gelmintozlar klinik ko’rinishlarining oldini olish uchun yilning ma’lum davrida); diagnostik (gelmintozlarning bor-yo’qligini aniqlash maqsadlarida) Degelmintizatsiya o’tkaziladi. Hayvonlar parvarishida ishlatiladigan asbob-anjomlar qaynoq suv, bug’, olov bilan; yaylov va o’tloqlar gelmintlarning biologiyasiga qarab ularni davriy ravishda o’zgartirib turish yo’li bilan Degelmintizatsiya qilinadi. Go’ng biotermik usulda yuqumsizlantiriladi. O’simlik urug’i uzoq vaqtgacha yuqum manbai bo’lishi mumkin, shu sababli ularni Degelmintizatsiyalashda turli kimyoviy vositalar qo’llaniladi. Hoshim Nurmamatov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Degelmintizatsiya — bu organizmdan parazit helminthlarni (qurtlarni) yo‘q qilish yoki ulardan tozalash jarayonidir. Asosan tibbiyot va veterinariya sohasida keng qo‘llaniladi. Helmintlar — bu tirik organizm ichida parazitlik qiluvchi turli xil qurtlardir, masalan, nematodlar, trematodlar (pichan qurtlari), va tsestodlar (tasma qurtlar).

Degelmintizatsiyaning maqsadi:

Degelmintizatsiya turlari:

  1. Profilaktik degelmintizatsiya – kasallikning oldini olish uchun muntazam ravishda parazitlarga qarshi dorilarni berish.
  2. Davolash maqsadida degelmintizatsiya – kasallik tashxisi qo‘yilganidan so‘ng parazitlarni yo‘q qilish uchun dori vositalarini qo‘llash.

Degelmintizatsiyaga qo‘llaniladigan dorilar:

Degelmintizatsiya uchun turli xil antiparazitar preparatlar ishlatiladi, ular qurtlarning turiga qarab tanlanadi:

Degelmintizatsiya qachon kerak bo‘ladi?

Degelmintizatsiyaning ahamiyati:

Xulosa:

Degelmintizatsiya — parazit qurtlarni yo‘q qilish va oldini olish uchun muhim profilaktik va davolovchi choradir. To‘g‘ri va o‘z vaqtida degelmintizatsiya parazit kasalliklardan himoyalanish, organizmning sog‘lom ishlashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Har doim degelmintizatsiya uchun shifokor yoki veterinar mutaxassisining maslahatiga amal qilish tavsiya etiladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz