DEFIS
DEFIS (lotincha divisio — ajralish, bo’linish) — so’zlarni qismga bo’lishda qo’llaniladigan belgi, chiziqcha (-). Defis juft va takroriy so’zlarda, so’z va unga qo’shiladigan unsurlar o’rtasida (opa-singil, uzoq-yaqin, asta sekin, kula-kula, aytdim-ku, aytdimda kabi) hamda bo’g’in ko’chirishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz