DEFIBRATOR
DEFIBRATOR (de… va lotincha fibra – tola) — yog’och massasi tayyorlash uchun mo’ljallangan apparat. Ishi yog’och payrahalarni maxsus metall disklar orasida ishqalash va ezishga asoslangan. Yog’och tayyorlash jarayonida ajralgan payraha va mayda tarashalarni Defibratorga solishdan oldin ular 1 — 1,2 MPa bosim ostida va 165— 175° temperatuada bug’lab yumshatiladi. Defibratorda olingan massadan plitalar, qog’oz tayyorlash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Defibrator yog’ochsozlik, mebelsozlik korxonalarida, qog’oz fabrikalarida qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz