Def Jam Recordings
Def Jam Recordings (shuningdek, oddiygina Def Jam nomi bilan ham tanilgan) — „Universal Music Group“ga tegishli Amerika koʻp millatli ovoz yozish leybli. U Nyu-Yorkning Manxetten shahrida joylashgan boʻlib, asosan hip-hop, R&B, soul va popga ixtisoslashgan.
Leybl oldin Londonda joylashgan va Buyuk Britaniyada „0207 Def Jam“ nomi bilan tanilgan va hozirda EMI Records tomonidan boshqariladi. Def Jam turli leybl nashrlarini tarqatadi, jumladan Kanye Westning GOOD Music ovoz yozish leybli ham. Leyblning hozirgi ijodkorlari orasida Justin Bieber, Kanye West, Toya Jonson, Nasty C, 2 Chainz, Dave East, Jeezy, Jeremih, Jhené Aiko, Young Gotit, YK Osiris va boshqalar bor.
Tarixi
Def Jam Nyu-York universitetidagi Vaynshteyn zalidagi yotoqxonasida Rick Rubin tomonidan asos solingan va leyblning birinchi singli „Hose“ rok guruhiga tegishli boʻlgan. Def Jam Recordings birinchi ijodlari LL Cool J’ning „I Need a Beat“ va Beastie Boysning „Rock Hard“ qoʻshiqlari edi, ikkalasi ham 1984-yilda chiqarilgan. Singllar yaxshi sotilganligi sababli „Columbia Records“ orqali CBS Records bilan ijodlari sotish uchun shartnoma imzolashgan.
Keyinchalik „OBR Records“ ovoz yozish leyblini yaratilishiga olib keladi. OBR Records (qisqartmasi Original Black Recordings) R&B sanʼatkorlari uchun moʻljallangan — va bu leybl bilan birinchi hamkorlikni boshlagan ijodkor Oran „Juice“ Jons boʻlib, u oʻzining xit singli „The Rain“ bilan muvaffaqiyat qozongan. Bir necha yil oʻtgach, Russell Simmons va Lyor Koen „Def Jam“ni boshqarish uchun Rush Associated Labels nomli leyblni yaratishgan. Def Jam birinchi va yagona metal (musiqa turi) guruhi „Slayer“ bilan 1986-yilda shartnoma uchun imzo chekdi va guruhning uchinchi va toʻrtinchi albomlari uchun asosiy ovoz yozish studiya hamkori edi. Oʻn yillik yakuniga yetib borar ekan, Leybl Public Enemy (hip hop guruhi) bilan shartnoma imzoladi. Lyor Koen 1988-yilda Rubin bilan kompaniya boshqaruvi uchun kurashda gʻalaba qozonganidan soʻng „Def Jam/RAL“ prezidenti boʻldi, Rubin kompaniyani tark etganidan keyin „Def American Recordings“ni tashkil qiladi.
1991-yilda „CBS Records“ yapon elektron giganti Sony musiqa boʻlimiga aylantirildi.1992 yilga kelib, Public Enemy va EPMD-dan soʻnggi bir necha marta platina sotilgan relizlarga qaramay, Def Jam katta moliyaviy muammolarga duch keldi.
Prezidentlar
Mashxur Ijodkorlar
Diskografiya
1983
1984
2021
2022
Manbalar
uz.wikipedia.org