Deezer




Deezer Fransiyaning musiqa ijarasi xizmati.

Tarixi




2006-yilda Daniel Marheli Blogmusik deb nomlangan Deezerning birinchi versiyasini ishlab chiqdi. Asl nusxadagi sayt fransuz agentligi SACEM tomonidan mualliflik huquqini buzganlikda ayblangan va 2007-yil aprel oyida yopilgan. 2007-yil avgust oyida Deezer sifatida qayta ishga tushirildi va SACEM bilan mualliflik huquqi egalariga saytdagi reklamadan tushgan daromadning bir qismini toʻlash boʻyicha kelishuvga erishdi va foydalanuvchilarga Deezerda joylangan qoʻshiqlarni iTunes orqali yuklab olinishidan Deezer komissiya oladi.

Ishga tushirish



2007-yilda ishga tushirilganda Deezer hali yirik musiqiy guruhlar bilan shartnomalar tuzmagan edi va shuning uchun cheklangan katalog taklif qilgan. Toʻrtta eng yirik kompaniyalar bilan shartnomalar imzolanishi uchun ikki yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi. 2011-yilga kelib kompaniya sakkiz millionga yaqin qoʻshiqqa ega bo'ldi. Faoliyatining birinchi oyida Deezer veb-sayti 773 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarga ega boʻldi va keyingi bir necha yilda trafik tez surʼatlar bilan oʻsib bordi. 2008-yilning mayiga kelib, ushbu xizmatdan har oyda 2,75 million kishi foydalangan boʻlsa, 2009-yil dekabrida kelib foydalanuvchilar soni yetti millionga yetdi.

Foydalanuvchilar soni tezlik bilan oshi borganiga qaramay, Deezer moliyaviy muammolarga duch keldi. 2008-yilning birinchi yarmida kompaniya atigi 875 000 € daromad koʻrdi, bu esa litsenziya toʻlovlarini toʻlash uchun yetarli emas edi. 2008-yilning iyul oyida kompaniya Deezer Media reklama agentligi orqali reklama olishni boshladi. 2008-yil oktabr oyida Deezer AGF Private Equity va CM-CIC Capital Privedan 8,4 million dollar mablagʻ oldi va kompaniyaga jami sarmoyani 15,8 million dollarga yetkazdi. Kompaniya 2009-yilning fevral oyida foydalanuvchilar haqida aniqroq maʼlumotlarni toʻplash, koʻproq maqsadli reklamalarni koʻatish uchun majburiy roʻxatdan oʻishni joriy qildi va 2009-ilning noyabr oyida qoʻhiqlar orasida audio reklamalarni qoʻyishni boshladi.

2009-yil 5-noyabrda Deezer yangi uch bosqichli xizmat modelini ishga tushirdi. Asosiy bepul veb-strimingni davom ettirish bilan birgalikda, kompaniya ikkita obuna xizmatini ham joriy qildi: oyiga 4,99 yevro toʻlagan foydalanuvchilar reklamasiz yuqori sifatli musiqani eshitishlari mumkin va oyiga 9,99 yevro toʻlagan foydalanuvchilar kompyuterlariga, shuningdek Android, BlackBerry va iOS mobil qurilmalariga ham yuklab olishlari mumkin edi.

2010-yil yanvar oyida Axel Dauchez kompaniyaning bosh direktori va hammuassisi Jonathan Benassayani asosiy bosh direktor lavozimiga almashtirdi. Ayni shu damda Deezerning 12 million foydalanuvchisidan 15 000 dan kamrogʻi uning obuna xizmatlariga roʻyxatdan oʻtgan edi. 2010-yil avgust oyida Orange(ingl.)oʻzb. uyali aloqa operatori Deezer bilan hamkorlik qilib, Deezer striming paketlarining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Deezer Premiumdan bepul foydalanishni oʻz ichiga oladigan tarif ishlab chiqdi. Hamkorlik boshlanganidan koʻp oʻtmay Deezer premium xizmatlariga roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni oyiga 6000 dan 100 000 gacha koʻtarildi. 2011-yilning yanvariga kelib, 500 000 kishi xizmatga obuna boʻldi va 2011-yilning oʻrtalarida millioninchi abonent aparti qoʻshildi, bu Deezer kutganidan yarim yil oldinroq edi. Ikki kompaniya hamkorlikni kengaytirdi. 2011-yil sentyabr oyida Orange bu tarifni Buyuk Britaniyadagi abonentlar uchun ham ochiq deb eʼlon qildi. Shuningdek, sentyabr oyida Deezer oʻz xizmatiga Facebook integratsiyasini qoʻshdi, bu foydalanuvchilarga ushbu ijtimoiy media xizmati orqali bir-biriga musiqa yuborish imkonini berdi.

Xalqaro kengayish




Deezer 2007-yilda Fransiyada ishlab chiqarilgan boʻlib, 2017-yilga kelib bozor yetakchisi boʻldi. 2011-yil 7-dekabrda, oʻsha paytda faqat Belgiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada mavjud boʻlgan Deezer 2011-yilning qolgan qismida va 2012-yilda ham butun dunyo boʻylab kengayish rejalarini e’lon qildi. Rejalariga koʻra, kompaniya yil oxirigacha butun Yevropaga, 2012-yil yanvar oyi oxirigacha Amerika qitʼasi boʻylab (AQShdan tashqari), Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoga fevral oyi oxirigacha, va iyun oyining oxiriga qadar dunyoning qolgan mamlakatlariga (Yaponiyadan tashqari) oʻz xizmatlarini taqdim etishni rejalashtirgan edi.

Xizmat 2012-yil 15-martgacha butun Yevropa boʻylab mavjud emas edi, va xizmatlar 25-aprelda Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya boʻylab taqdim etildi 8-iyun kuni Deezer Braziliya, Kuba yoki Venesuelada boʻlmasa-da, Lotin Amerikasining 35 ta davlatida mavjudligini eʼlon qildi. 15-avgust kuni Deezer bir necha hafta ichida Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Filippin, Singapur va Tailandda oʻz hizmatlarini boshlashini eʼlon qildi.

2012-yil 8-oktabrda Deezer xalqaro kengayish maqsadida foydalanish uchun Access Industries kompaniyasidan 130 million dollar mablagʻ olganini eʼlon qildi. Ikki kundan soʻng kompaniya 76 ta yangi bozorga kengayib, butun dunyo boʻylab jami 160 ta mamlakatga etkazilganligini eʼlon qildi. 21-dekabr kuni Deezer butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar uchun oyiga ikki soat bepul, reklama mavjud boʻlgan musiqa oqimini taklif qiluvchi yangi xizmat tarifini eʼlon qildi, bu kompaniyaning Fransiyadan tashqaridagi birinchi bepul musiqa striming tarifi edi. Bosh direktor Dauchez Deezer AQSh bozoriga kirishning „aql bovar qilmaydigan darajada yuqori“ xarajatlarini qoplash uchun „bizni katta hajmdagi obunachilar bilan ta'minlay oladigan“ xizmatni Qoʻshma Shtatlarda joriy qilish uchun hamkor qidirayotganini taʼkidlagan.
2012-yil dekabr oyi holatiga koʻra, Deezer 20 million qoʻshiqqa ega boʻlgan yetti millionga yaqin oylik faol foydalanuvchilarning ikki millionga yaqini obunalar uchun pul toʻlagan. Bosh direktor Dauchez, 2016-yilga kelib kompaniya jahon musiqa bozorining besh foizini egallashini maqsad qilgan.

2013-yil yanvar oyida Deezer oʻzining Afrika, Osiyo, Braziliya, Yaqin Sharq va Amerika Qo'shma Shtatlari boʻylab 22 ta yangi davlatga kengayganini eʼlon qildi va ularning umumiy soni 182 taga yetdi. Biroq, faqatgina tanlangan ayrim qurilmalalar bilangina foydalanish mumkin edi. 2016-yil iyul oyida Deezer AQShni foydalanish mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi. 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, 185ta davlatda Deezer xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bor.

Kengaytirilgandan keyin



Ushbu kengayishdan keyin, 2013-yilda Deezer LG Electronics, Samsung Electronics va Toshiba kabi kompaniyalar bilan aqlli televizorlarda ham platformadan foydalanish imkoniyatini berish maqsadida hamkorlik qilganini eʼlon qildi.

O'shandan beri Deezer bir qator yangiliklarni eʼlon qildi, jumladan, Developer Reward sxemasi, mobil ilovalar studiyasi va API yangilanishlari , Android foydalanuvchilari uchun mobil ilovasining yangi, eksklyuziv beta-versiyasi va Windows 8 uchun yangi Deezer ilovasini ham taqdim qildi.

2013-yil aprel oyida Deezer iOS ilovasi uchun yangi aqlli keshlash funksiyasi bilan yangiladi, bu esa ilovaga hatto tarmoq qamrovi zaif hududlarda ham foydalanuvchining eng koʻp ijro etilgan treklarini aniqlash va eslab qolish imkonini beradi.

2014-yil iyun oyida Deezer Samsung bilan Yevropadagi Samsung Galaxy S5 foydalanuvchilariga bepul, olti oylik Deezer Premium+ obunasini beruvchi yangi hamkorlikni eʼlon qildi. Samsung va Deezer Samsungning Multiroom Wireless Audio mahsulotlari, jumladan M5 va M7 qatorli Multiroom simsiz audio dinamiklari uchun Deezer Premium+ ga olti oylik bepul obunani taklif qilish orqali hamkorlikni kengaytirdi. Samsung Buyuk Britaniyadagi filiali va Deezer ushbu aksiyani 2016-2018-yillarda yana taklif qildi.

2014-yil iyun oyida Deezer va Google hamkorlikda Google Chromecast foydalanuvchilariga Android va iPhone ilovalaridan Chromecast orqali oʻz telefonlaridan televizorlariga musiqa uzatish imkonini berdi. Chromecastni qoʻllab-quvvatlash Deezer Premium+ foydalanuvchilari uchun 2014-yil 25-iyundan boshlab Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Buyuk Britaniyada mavjud boʻldi.

2014-yil sentabr oyida Deezer Sonos uchun va ular bilan hamkorlikda yaratilgan yangi eksklyuziv xizmat Deezer Eliteni eʼlon qildi. Deezer Elite amerikalik Sonos Hi-Fi Systems foydalanuvchilariga CD-sifatli audio taqdim etadi. Xizmat butun dunyo boʻylab faqat Deezer-ning Sonos foydalanuvchilari uchun mavjud.

AQShda Deezer HiFi oylik $19,95 obuna evaziga 16-bit/44,1 kHz FLAC sifatli 36 million trekni taklif etadi. U Faqat tanlangan tovush tizimlari va ish stoli ilovasida mavjud va telefonlarga 320 kbit/s tezlikda yuklab olishlari mumkin.

2014-yil oktyabr oyida Deezer Bose SoundTouch va SoundLink mahsulotlaridan endi Deezer Premium+ xizmatida foydalanish mumkinligini eʼlon qildi. Bu hamkorlik birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarda yoʻlga qoʻyildi va keyin butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar uchun ochiq boʻldi.

2014-yil oktyabr oyida Deezer Stitcher Radio Deezer bilan birlashishini eʼlon qildi. 2015-yilga kelib, Deezer foydalanuvchilari Deezer ichidagi Stitcher Radio funksiyalaridan foydalanishlari mumkin boʻldi.

2014-yil dekabr oyida Deezer va Pepsi oʻz ijodkorlarining profillarini oʻstirishda menejerlar va guruhlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Midem Artist Accelerator dasturini yaratish boʻyicha hamkorlikni eʼlon qildi. 2016-yil iyun oyida u Stitcherni E.W. Scripps Companyga 4,5 million dollarga sotdi

2021-yilning birinchi choragida Deezer musiqa striming xizmati bozorining 2% bozor ulushini egalladi. 2021-yil iyul oyida Deezer bepul akkaunt foydalanuvchilari musiqani translatsiya qilish uchun Google Assistant dinamiklaridan foydalanishi mumkinligini eʼlon qildi.

2022-yil 5-iyulda Deezer ommaviy sotiladigan kompaniyaga aylandi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz