DeepL Translator




DeepL (ingliz tilidan olingan boʻlib — chuqur oʻrganish degan manoni bildiradi) — bu mashina tarjimasiga asoslangan onlayn tarjimon hisoblanadi. 2017-yil avgust oyida Kyolndan DeepL GmbH tomonidan ishga tushirilgan. Xizmat 31 tilga asoslangan 700 dan ortiq til juftliklariga tarjima qilish imkonini beradi.

Transfer usuli



Xizmat Linguee maʼlumotlar bazasida oʻqitilgan konvolyutsion neyron tarmoqlardan foydalanadi. Tarjima Islandiyada ishlaydigan 5,1 peta flopli superkompyuter tomonidan yaratilgan. Konvolyutsion neyron tarmoqlar odatda uzoq va ketma-ket iboralarni tarjima qilish uchun bir oz koʻproq mos keladi, lekin takroriy neyron tarmoqlari yoki statistik tarjimadan foydalanishni afzal koʻrgan raqobatchilar tomonidan hali foydalanilmagan. DeepL ning zaif tomonlari taniqli qoʻshimcha usullar bilan qisman yoʻq qilinadi.

DeepL .docx, .pptx formatidagi hujjatlarni erkin ishlaydi oladi. Bu izohlar, formatlash va inline tasvirlarni saqlaydi. Onlayn xizmat 29 tilga asoslangan 700 dan ortiq til juftliklarida tarjimalarni amalga oshiradi .

Tarjima sifatini koʻr-koʻrona sinovdan oʻtkazishda muntazam ravishda ishtirok etadi, Google, Microsoft va Facebook bilan raqobatlashadi.

Foydalanishi




5000 belgigacha boʻlgan matnlar bepul tarjima qilinadi. Tijoratchi mijozlar DeepL-ni oʻz dasturlariga joylashtirish uchun pulli API- dan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, DeepL oʻzining qardosh sayti, linguee.comdagi ekrandagi reklama orqali oz’ini moliyalashtiriladi.

Professional tarjimonlar, kompaniyalar va ishlab chiquvchilar uchun 2018-yil mart oyidan beri mavjud bo‘lgan pullik „DeepL Pro“ obuna xizmati CAT vositalari, jumladan SDL Trados Studio uchun dasturiy interfeys va dasturiy plaginga ega boʻldi. Bepul versiyadan farqli oʻlaroq, tarjima qilingan matnlar saqlanadi, kiritish maydonidagi matn uzunligi 5000 belgi bilan cheklanmaydi. Narxlar modeli maʼlum miqdordagi matnni oʻz ichiga olgan asosiy oylik toʻlovni nazarda tutadi. Bundan tashqari matnlar belgilar soniga qarab hisoblanadi.

2018-yil oktabr oyida narxlash modeli bitta to‘lov modeli o‘rniga turli xil variantlar mavjud bo‘lishi uchun qayta ko‘rib chiqildi .

Tariyxi



Linguee GmbH 2008-yilda Kyolnda Gereon Frahling va Leonhard Fink tomonidan tashkil etilgan. Ular onlayn xizmat orqali tarjima qilish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan 25 til uchun lugʻat yaratdilar. „DeepL“ 2017 chiqishi bilan kompaniya nomi „DeepL GmbH“ ga oʻzgartirildi.

Manbalari




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz