Deemulgirlash
Deemulgirlash - emulsiya (bir-biriga aralashmaidigan ikki suyuqlikdan iborat dispers sistema)ni parchalash jarayoni. Mas, sutning yogʻini ajratib olish uchun qoʻllaniladi. D. usullari: 1) sentrifuga yordamida (markazdan qochirma kuch taʼsirida suyuqlikdagi ogʻir qoʻshilmalarni yengil qismlardan ajratish); 2) emulsiya zarralariga elektr maydoni taʼsir ettirish (neft tarkibidagi suvni ajratish); 3) emulsiyani isitish (bunda kalloid zarralar kengayib, ustidagi yupqa pardalarni yirtadi, natijada aralashma pastga choʻkadi); 4) emulsiyaga elektrolitlar taʼsir ettirish va h.k.
Adabiyot
uz.wikipedia.org