DEBYUT



DEBYUT (Fransuzcha debut — birinchi qadam) — 1) biron-bir soxada birinchi marta chiqish (masalan, artistning sahnada ilk bor chiqishi); 2) shaxmat, shashka o’yinining dastlabki yurishlarni o’z ichiga oluvchi boshlang’ich bosqichi. “Himoya”, “Partiya”, “Gambit” va hokazo atamalar Debyut ma’nosida ishlatiladi. Odatda, Debyutlar ilk bor qo’llanilgan mamlakat, shahar yoki uni kashf etgan shaxmatchi nomi bilan yuritiladi. Masalan, ispancha o’yin, Alyoxin himoyasi va boshqalar. Ikkala tomon ham o’z shohi oldidagi piyodasini ikki xona olg’a sursa ochiq Debyut, farzinlar oldidagi piyodalar ikki xona surilsa yopiq Debyut va oklarning shohi oldidagi piyodasi ikki xona surilishiga qoralar boshqacha javob qilsa, yarim ochiqyoki yarim yopiq Debyut bo’ladi. Hozirgi zamon Debyutlari nazariyasi bo’yicha juda ko’p asarlar mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz