DEBRYO (DEBREU) JERAR



DEBRYO (DEBREU) JERAR (1921.4.7. Kale, Frantsiya) — Amerika iqtisodchisi. Parij universiteti Doktori (1956), 1949 yildan AQShda yashaydi. Bir qancha universitetlarda, jumladan 1962 yildan Kaliforniya (Berkli) universitetida ishlagan. Asarlarida markazlashtirilmagan bozor tizimi yakka rejalarning ijobiy muvofiqlashuvga olib kelishi mumkinligi muammosini tadqiq etgan. Narxlar muvozanatini yaratadigan omillar mavjudligini isbotlagan (K. Errou bilan hamkorlikda). “Qiymat nazariyasi” asarida yagona umumiy muvozanat nazariyasining matematik modelini yaratdi va o’z modelida ishlab chiqarishni joylashtirish, kapital va noma’lumlik sharoitlarida fe’l-atvor nazariyalarini birlashtirishga erishdi. Nobel mukofoti laureati (1983).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz