DEBRESEN



DEBRESEN — Vengriya sharqidagi shahar, Vengriya pasttekisligida. Xaydu-Bixar medesining ma’muriy markazi. Aholisi 208,4 ming kishi (1997). Yirik transport yo’llari tuguni. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Sanoatining asosini mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, podshipniklar ishlab chiqarish, tibbiyot asboblari, qishloq xo’jalik mashinalari) tashkil etadi. Metallni qayta ishlash, kimyo-farmasevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel ishlab chiqarish, teri sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Universitet, Fanlar Akademiyasining Quyosh fizikasi va atom tadqiqoti institutlari, muzeylar (etnografiya va boshqalar), teatr bor. 18-19-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Balneologik kurort shahri. Debresen 10-asrdan ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz